Toshkentda Gentra butunlay yonib ketdi
Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bugun, 9-sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Gentra rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:30 da Yunusobod tumani Toshkent katta halqa avtomobil yo‘lida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 16:35 da yetib borib, yong‘in soat 16:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







