O'zbekiston

Toshkentda yollanma ishchini qurilish krani bosib qoldi

Hodisa oqibatida 25 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘lgan.

Toshkentda yollanma ishchini qurilish krani bosib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida minorali qurilish krani ag‘darilganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 8 sentyabr kuni soat 18.00 larda Chilonzor tumani Tirsakabod ko‘chasida olib borilayotgan qurilish hududida minorali qurilish kranini o‘rnatish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi taʼminlamaganligi sababli kran qulab tushgan.

 

Natijada o‘rnatish ishlarini olib borayotgan yollanma ishchi — 2000 yilda tug‘ilgan L.A. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yollanma ishchilar — 2004 yilda tug‘ilgan I.Q. hamda 2000 yilda tug‘ilgan M.A. turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a”  va «B»  bandlari ("Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"