Avgust oyida O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy o‘sishni saqlab qoldi
Faollik indeks ko'rsatkichi 1029 birlikni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 31 foizga oshgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotiга ko‘ra, 2025-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 1029 birlikni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foiz, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 30,9 foizga o‘sdi.

Indeksning o‘sishi bir nechta asosiy komponentlar bilan bog‘liq:
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank operatsiyalari soni 7 foizga kamaygan;
-
birjada xom ashyo sotib olish jadalligi 14,2 foizga oshgan;
-
faol subyektlar soni bo‘yicha ko‘rsatkich 0,4 foizga oshgan;
-
tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish faolligi esa 15 foizga pasaygan.
Shuningdek, 2025-yil avgustida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 9 ta hududida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish qayd etdi. Jumladan, Sirdaryo (72,3 %), Navoiy (45,5 %), Andijon (38,3 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (36,7 %) sezilarli darajada ko‘tarilish kuzatildi.







