O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktoriga ko'ra, pensiya yoshini oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda pensiya islohoti o'tkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Atadjanovning ma’lum qilishicha, erkaklar uchun pensiya yoshini 63 yoshga, ayollar uchun esa 58 yoshgacha oshirish taklif qilinmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pensiya yoshini oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi — har yili yarim yildan qo‘shib boriladi.
Shu bilan birga, amaldorning ta’kidlashicha, pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Avval bu masala jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, aholining takliflari o‘rganiladi.







