O'zbekiston

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan tilla buyumlari ushlab qolindi

DXX fosh etilgan voqea bo‘yicha Zamon.uz’ni xabardor qildi.

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan tilla buyumlari ushlab qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi zargarlik buyumlari kontrabandasiga chek qo‘yildi.

 

Aniqlanishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro (1987 y.t.) Qirg‘izistonlik shaxs tomonidan aylanma yo‘llar orqali davlat chegarasidan noqonuniy olib kirilgan qimmatbaho buyumlarni qabul qilib olgan. U mazkur zargarlik mahsulotlarini moddiy manfaat evaziga Farg‘ona shahrida uni kutib turgan Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi (1997 y.t.) boshqa bir shaxsga topshirayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Olib qo‘yilgan tilla buyumlarning umumiy og‘irligi 5 kilogramm 706 grammni tashkil etib, dastlabki baholashga ko‘ra, qiymati 5 milliard 746 million so‘mga teng.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"