Rossiyada muhojir bolalarning 87 foizi maktabga qabul qilinmadi
Maktablarga kirishda xorijlik o'quvchilarning katta qismi rus tili imtihonlaridan o‘ta olishmagan.

Rosobrnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya umumiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ariza bergan xorijlik voyaga yetmaganlarning 87 foizdan ortig‘i belgilangan tartibdagi rus tili imtihonidan o‘ta olmadi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 1-apreldan boshlab chet ellik fuqarolarning farzandlari rus maktablariga qabul qilinishi uchun rus tilini yetarli darajada bilishi majburiy talablardan biri etib belgilangan. Shu maqsadda birinchi sinfdan boshlab 11-sinfgacha bo‘lgan ta’lim bosqichlariga moslashtirilgan test tizimi joriy etilgan.
Xabarlarga ko‘ra, aprel–avgust oylarida 23 mingdan ortiq xorijlik bolalar maktabga kirish uchun ariza topshirgan. Shundan 8223 nafar bola test sinoviga yuborilgan bo‘lib, 5940 nafari imtihonda qatnashgan. Ulardan atigi 2964 nafari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, test jarayonida birinchi sinfga kiruvchilar uchun og‘zaki nutq, tinglab tushunish, leksik va grammatik bilimlar baholansa, yuqori sinflarda qo‘shimcha ravishda o‘qish va yozish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlar to‘plami to‘liq va qonuniy bo‘lishi talab etiladi. Zarur hujjatlar taqdim etilmagan hollarda ariza ko‘rib chiqilmaydi.







