“Sahna – mening hayotim”: Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi nishonlandi
O‘zbekiston xalq artisti, mashhur rejissyor va pedagog Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Sahna – mening hayotim” nomli adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Xotira kechasida yod etildi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, san’at va madaniyat arboblari, shogirdlari, shoir va yozuvchilar, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Milliy teatr ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissa
Bahodir Yo‘ldoshev nafaqat spektakllar sahnalashtirgan, balki o‘zbek teatrini yangi bosqichga olib chiqqan, yosh avlodni tarbiyalash va milliy madaniyatni targ‘ib etishga katta hissa qo‘shgan san’atkor sifatida yodga olindi. Uning ijodiy yo‘li milliy dramaturgiyani boyitishda, zamonaviy teatr uslubini shakllantirishda alohida o‘rin tutgani ta’kidlandi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z nutqida shunday dedi:
“Bahodir Yo‘ldoshev faqat katta teatr sahnalaridagina emas, balki yosh ijodkorlar bilan ham faol ishladi. Uning “Diydor” teatr-studiyasi faoliyati ko‘plab yoshlarni teatr san’atiga kasbiy tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etdi.Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan muhtaram prezidentimiz “Do’stlik” oredeni bilan taqdirladilar
Tadbir davomida
Kechada “O‘zbekfilm” studiyasi tomonidan suratga olingan hujjatli film va Bahodir Yo‘ldoshev ijodiga oid mashhur asarlardan parchalar namoyish qilindi. Jumladan, “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Iskandar”, “Nodirabegim” spektakllari, “Olovli yo‘llar” filmi hamda “Diydor” teatr studiyasining “Arshin mal alan” spektaklidan lavhalar mehmonlarga taqdim etildi.







