O'zbekiston

Toshkent shahrida atmosfera havosini muhofaza qilish choralari kuchaytirilmoqda

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 4,7 ming tonna zararli tashlama atmosferaga chiqishining oldi olindi.

Toshkent shahrida atmosfera havosini muhofaza qilish choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida Toshkent shahri havosini sog‘lomlashtirish va ifloslanish manbalarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 59-F-son farmoyishi asosida poytaxtda 12 ta hududiy ishchi guruh tuzildi. Ularning tarkibiga vazirlik va idoralardan 150 nafardan ortiq mutaxassis jalb qilinib, sanoat korxonalari, issiqxonalar va boshqa obyektlarda ekologik talablarning bajarilishi muntazam nazoratga olindi.

 

O‘tgan davr mobaynida 1452 ta obyekt xatlovdan o‘tkazilib, 174 ta tungi reyd tashkil etildi. Natijada 281 ta qonun buzilish holati aniqlanib, 154 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi, 20 ta obyekt faoliyati vaqtincha to‘xtatish uchun sudga kiritildi. 179 ta qonunbuzarlik bartaraf etildi. Shuningdek, korxonalar tomonidan 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatildi.

 

Ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Yashil belbog‘” loyihasi doirasida yirik sanoat korxonalari hududida daraxt ekish ishlari boshlangan. 2025-yilda 200 ming tup daraxt va buta ekilishi belgilangan bo‘lib, bahor mavsumida 79 490 tup ko‘chat o‘tqazildi.

 

Bundan tashqari, “Toza havo” respublika oyligining birinchi bosqichi (10-aprel – 10-may) davomida 40 mingdan ortiq avtotransport vositasi tekshirilib, 586 ta mashinada me’yoridan ortiq chiqindi gaz chiqarilishi aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etildi. Natijada 4,7 ming tonna zararli tashlamalarning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Hozirda mazkur oylikning ikkinchi bosqichi (10-sentabr – 10-oktabr) Toshkent shahrida davom etmoqda.

 

Poytaxt havosini toza saqlash va ifloslanish manbalarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent shahrida atmosfera havosini muhofaza qilish choralari kuchaytirilmoqda | Zamon.uz