O'zbekiston

Toshkent viloyatida “bola o‘g‘irlash” haqidagi xabarlar asossiz ekani aniqlandi

Hodisa bo‘yicha bola o‘zi yaqinlaridan cho‘chib noto‘g‘ri ma’lumot bergani aniqlandi.

Toshkent viloyatida “bola o‘g‘irlash” haqidagi xabarlar asossiz ekani aniqlandi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tarqalgan “bola o‘g‘irlash” haqidagi video va xabarlar asossiz ekani aniqlandi.

 

Aniqlanishicha, 2012-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan E.H. 9-sentabr kuni yaqinlariga aytmasdan boshqa mahallada yashovchi do‘stining uyiga borgan. Oradan vaqt o‘tib qarindoshlari uni topgach, noqulay vaziyatdan chiqish uchun u “meni o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lishdi”, degan. Ushbu gapni eshitgan yaqinlari esa ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

 

Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan zudlik bilan olib borilgan o‘rganish natijasida hududda hech qanday bola o‘g‘irlash holati qayd etilmagani, voyaga yetmagan shaxs esa yolg‘on gapirganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Profilaktika chorasi sifatida bola va uning qarindoshlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ularga bunday harakatlarning jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida ma’lumot berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida “bola o‘g‘irlash” haqidagi xabarlar asossiz ekani aniqlandi | Zamon.uz