Braziliyada 90 yoshli erkak o‘lganidan so‘ng qayta tirildi
Uning yaqinlari marhum ko‘milishidan oldin nafas olayotganini payqab qolishgan.

Braziliyada rasmiy ravishda o‘lgan deb eʼlon qilingan 90 yoshli qariya bir necha soat o‘likxonada qolib, to‘satdan tirilib, oilasi va shifokorlarni hayratda qoldirdi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, bemor 1 sentyabr kuni davolanish uchun shifoxonaga olib borilgan, ammo ertasi kuni ertalab uning yurak urishi va nafas olishi to‘xtagan.
Bir necha marta muvaffaqiyatsiz reanimatsiya urinishlaridan so‘ng, keksa odam hushidan ketib qolgan va keyinchalik tez yordam bo‘limida o‘lik deb eʼlon qiligan.
Biroq bemor o‘likxonaga olib kelinganidan so‘ng, murdada hayot alomatlari borligi maʼlum bo‘lgan.
O‘likxonadan chiqarilgandan so‘ng, erkak yana tez yordam bo‘limiga yotqizilgan, u erda hushidan ketib, bir necha soatdan keyin vafot etgan.







