Jahon

Ilon Maskning otasi inson umrini 120 yilgacha uzaytirmoqchi

U, shuningdek, Gravitatsiya institutini ochish g‘oyasini ilgari surdi.

Ilon Maskning otasi inson umrini 120 yilgacha uzaytirmoqchi

Amerikalik biznesmen va milliarder Ilon Maskning otasi Errol insonlarning umrini uzaytirishga qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda uzoq umr ko‘rish bo‘yicha tadqiqot olib borishni istashini aytdi. Bu haqida “Gazeta.ru” nashri yozmoqda.

 

“Odamlar ayni paytda tortishish kuchiga emas, uzoq umr ko‘rishga ko‘p pul sarflashga tayyor”, - dedi u.

 

Errol bunday tadqiqotlar natijasida inson umrini 120 yilgacha uzaytirish mumkinligini taxmin qilmoqda. Uning taʼkidlashicha, 1914-yilgacha yevropalik ayollar o‘rtacha 39 yoshgacha yashagan bo‘lsa, bugungi kunda 87 yoshgacha yashamoqda.

 

Shu bilan birga, tadbirkor Gravitatsiya institutini ochish g‘oyasidan voz kechmaydi, bu uning fikricha, ushbu sohani o‘rganishdagi taraqqiyotga hissa qo‘shadi va insoniyatni makon va vaqt sayohatiga yaqinlashtiradi. Errol Maskning taʼkidlashicha, institutni yaratish uchun taxminan 100 million dollar kerak bo‘ladi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"