O'zbekiston

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam puli beriladi

Moddiy yordam pulining miqdori 1 mln so‘mni tashkil etadi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam puli beriladi

2025/2026 yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida noyabr oyida bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.

 

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 million so‘m miqdoridagi yordam quyidagi toifadagi oilalarga beriladi:

 

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilalar;

— “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar;

— “Mahalla yettiligi” tomonidan tuzilgan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan oilalar.

 

Qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilayotganda quyidagilarga ustuvorlik beriladi:

 

— boquvchisini yo‘qotgan oilalar;

— tarkibida I yoki II guruh nogironi bor oilalar;

— nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;

— gaz taʼminoti mavjud bo‘lmagan yoki markazlashgan isitish tizimisiz ko‘p qavatli uyda yashovchi oilalar;

— bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birga yashaydigan oilalar;

— uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar;

— yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan oilalar.

 

Mazkur yordamni olish uchun ehtiyojmand oilalar joriy yilning 25 sentyabriga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi kerak.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.