Jahon

Larri Ellison dunyoning eng boy odami sifatida Maskni ortda qoldirdi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 385 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘ringa tushdi.

Larri Ellison dunyoning eng boy odami sifatida Maskni ortda qoldirdi

Oracle korporatsiyasi asoschisi Larri Ellison ilk bor Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ellisonning boyligi 393 milliard dollarga baholangan bo‘lib, u Maskning 385 milliard dollarlik kapitalidan oshib ketdi. Eng e’tiborli jihati shundaki, Ellison bir kun ichida 101 milliard dollarlik rekord daromad ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu Bloomberg reytinglari tarixidagi eng yirik bir kunlik o‘sish sifatida qayd etildi.

 

So‘nggi bir yil davomida eng yuqori pog‘onani Ilon Mask egallab kelgan edi. U ilgari Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH rahbari Bernard Arno bilan yetakchilikni baham ko‘rgan. Hozirgi reytingda Bezos to‘rtinchi, Arno esa sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

 

Ellisonning kapitali Oracle kompaniyasining bulutli texnologiyalar bo‘yicha ijobiy prognozidan keyin keskin oshdi. Kompaniya aksiyalari chorshanba kuni 41 foizga ko‘tarildi va yil boshidan buyon 45 foizga o‘sdi. Tesla aksiyalari esa 13 foizga tushib ketdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Larri Ellison dunyoning eng boy odami sifatida Maskni ortda qoldirdi | Zamon.uz