O'zbekiston

Prezident farmoni bilan bir guruh fidoyi pedagog va murabbiylar mukofotlandi

Mukofotlanganlar orasida respublikaning barcha hududlaridan hamda xorijdan ta’lim sohasiga xizmat qilayotgan mutaxassislar bor.

Prezident farmoni bilan bir guruh fidoyi pedagog va murabbiylar mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etish, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlar bilan qurollantirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari uchun bir guruh fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.

 

Xususan:

 

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan — Rahimov Hamidjon Mamajonovich (Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani ixtisoslashgan maktab direktori) taqdirlandi.

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan — Boyqobilova Lobar Toshtemirovna (Samarkand viloyati, Oqdaryo tumani 6-maktab biologia fani o‘qituvchisi) va Egamberdiev Atabek Ro‘zimovich (Xorazm viloyati, Hazorasp tumani ixtisoslashgan maktab fizika fani o‘qituvchisi) mukofotlandilar.

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan — Abdullaev Mahmudjon Muhammadovich (Toshkent davlat texnika universiteti professori), Orazimbetova Guldarixa Kdirbaevna (Qoraqalpog‘iston, Qorao‘zak tumani 32-maktab ingliz tili o‘qituvchisi), Suvanov Omon (Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi), Xushmatov Rahmatullo Rabbimovich (Samarkand shahar 61-maktab-internat o‘qituvchisi), Shukurov Mahmanazar Karimovich (Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani 37-maktab o‘qituvchisi) taqdirlandilar.

 

“Sog‘lom avlod uchun” ordeni I darajasi bilan — Tadjibaeva Ma’muraxon Ashuralievna (Toshkent shahar Prezident maktabi ijrochi direktori) mukofotlandi.

 

“Sog‘lom avlod uchun” ordeni II darajasi bilan — Abdulllaev Shavkat Vahidovich (Namangan davlat universiteti professori), Ahmedova Muattar Abduvahidovna (Toshkent viloyati, Qibray tumani “Imkon” maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi), Baltaev Alimkul Egamberdievich (Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 16-maktab o‘qituvchisi), Bo‘taev Qahramon Nighmatovich (Respublika ixtisoslashgan musiqa maktabi o‘qituvchisi), Ziyaeva Moxidil Baxtiyorovna (Sirdaryo viloyati, Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi o‘qituvchisi), Kazimova Rohila Rozikovna (Samarkand viloyati, Tayloq tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi), Karimova Mavludaxon Sharobutdinovna (Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani nodavlat MTT direktori), Kasimov Fayzulla Muhammadovich (Buxoro davlat pedagogika instituti professori), Pirmatova Rano Ninniyevna (Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani 1-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi), Umaralieva Mamuraxon Toshxo‘jaevna (Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi o‘qituvchisi) taqdirlandilar.

 

“Do‘stlik” ordeni bilan — Abdushukurov Anvar Kabirovich (O‘zbekiston Milliy universiteti professori), Azarenko Igor Timofeevich (Respublika musiqa maktabi o‘qituvchisi), Azimov Rahim Azizboevich (Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi o‘rinbosari), Volfgang Anton Herrmann (“Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy prezidenti), Druzhnina Elena Sergeevna (Oksana Chusovitina sport maktabi murabbiyi), Ibrohim Said Abdullo Ali Alhajri (BAA Xalifa universiteti prezidenti), Ismatillaev Xabibulla (Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani 9-maktab o‘qituvchisi), Kadirova Adiba Rahmonovna (Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar 1-maktab o‘qituvchisi), King Stephen Richard (“Cambridge University Press & Assessment” koordinatori), Qalbaeva Naubahar Perdebaevna (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumani 1-maktab o‘qituvchisi), Marsden Abbey Nicole (Andijon shahar Prezident maktabi o‘qituvchisi), Mirjalilova Gulbahor Mirahmonovna (Namangan viloyati, Chust tumani 52-maktab o‘qituvchisi), Mirzakulov Batirjon Kazakbaevich (Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani hokimi), Russell Haley Daniel (Toshkent shahar 175-maktab o‘qituvchisi), Sayfutdinov Anvar Nazarovich (Toshkent shahar, Mirobod tumani hokimi), Saparova Guldar Jusupalievna (Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani 34-maktab o‘qituvchisi), Sultanova Shahida Yuldashevna (Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori), Uvarova Vera Yuryevna (“Novda Edutainment” MCHJ bo‘lim boshlig‘i), Usmanova Nodira Sohibovna (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar MTT logopedi), Xasanov Baxtiyor Temirovich (Samarkand viloyati, Oqdaryo tumani 47-maktab o‘qituvchisi), Xafizova Sayyora Baxtiyarovna (Navoiy viloyati, Navbahor tumani MTT rahbar o‘rinbosari), Shamusarov Sharustam Giyazovich (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori) taqdirlandilar.

 

Shuningdek, o‘nlab pedagog va murabbiylar “Sog‘lom turmush” medali hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.

 

Mazkur farmon o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatini e’tirof etish, ularning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirish va yosh avlodni ma’rifatli, barkamol qilib tarbiyalashga yangi kuch bag‘ishlashga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident farmoni bilan bir guruh fidoyi pedagog va murabbiylar mukofotlandi | Zamon.uz