O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Viloyatda 2,5 mlrd dollarlik yangi loyihalar natijasida 11 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

11-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi va istiqbolli rejalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

So‘nggi sakkiz yil davomida viloyat iqtisodiyotida sezilarli o‘sish qayd etildi: 10 mlrd dollarlik hududiy va 8 mlrd dollarlik tarmoq investitsiyalari jalb qilindi. Shu davrda 10 mingga yaqin sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari ish boshladi. Oxirgi uch yilda esa yillik aylanmasi 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan korxonalar soni 1,8 barobar oshib, 1,7 mingtaga yetdi. Yillik aylanmasi 100 mlrd so‘mdan ortiq korxonalar esa 137 tadan 193 taga ko‘paydi.

 

Eksport hajmlari ham sezilarli sur’atda o‘smoqda. Agar avvalgi yillarda viloyatning yillik eksporti 1 mlrd dollarga ham yetmagan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki 8 oyida bu ko‘rsatkich allaqachon ortib ketdi. Bu esa yangi ishlab chiqarish quvvatlari va sarmoyadorlarning faol ishtiroki samarasidir.

 

Yig‘ilishda xorijiy investorlar ishtirokida 2,1 mlrd dollarlik yirik sanoat parklarini tashkil etish, viloyatni 2025–2027-yillarda jadal rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Prezident qarorlarini izchil amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur dasturlar ijrosi uchun 40 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.

 

Viloyatda jami 2,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan. Ular natijasida 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi va 434 mln dollarlik eksport salohiyati shakllantiriladi.

 

Prezident yig‘ilishda Toshkent viloyati nafaqat sanoat va qishloq xo‘jaligi, balki poytaxt bozoriga yaqinligi bilan ham eng katta imkoniyatlarga ega hudud ekanini ta’kidladi. Shu sababli investitsiya, eksport va bandlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

 

Yig‘ilishda, xususan, Nurofshon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida xorijiy investitsiyalar asosida sanoat korxonalarini ta’minlash uchun ikkita yangi nimstansiya qurilishi rejalashtirildi. Bekobodda avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, Oqqo‘rg‘onda oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalari tashkil etish, Ohangaron, Angren va O‘rta Chirchiqda esa turizm va savdo infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, viloyatni poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lash loyihasi taqdim etildi. Bu nafaqat transport qulayligini oshiradi, balki yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlar bozorini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Yig‘ilishda mahallalarda bandlikni oshirish, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha “Agrostar” kompaniyasi bilan hamkorlik mexanizmlari belgilandi. Shuningdek, ekin maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yakunda Toshkent viloyatining mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, uni sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida yuqori natijalarga erishuvchi hududga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz