O'zbekiston

Surxondaryoda noqonuniy ekstremistik guruh faoliyati fosh etildi

DXX Zamon.uz’ga voqea tafsilotlarini ma'lum qildi.

Surxondaryoda noqonuniy ekstremistik guruh faoliyati fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qaroriga muvofiq faoliyati taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh fosh qilindi.

 

Aniqlanishicha, ushbu guruh a’zolari diniy yig‘inlar niqobi ostida terrorchilik tashkilotlari mafkurachilarining materiallarini tinglab, Suriya davlatiga borib jangarilar safiga qo‘shilish, shuningdek, o‘zlarini portlatish orqali “shahid” bo‘lish masalalarini muhokama qilishgan.

 

Shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijdagi terrorchilar bilan aloqa o‘rnatib, portlovchi moddalar va zaharli kimyoviy vositalarni tayyorlash bo‘yicha elektron qo‘llanmalar orqali sabotaj harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirishgan.

 

Sud tekshiruvlari davomida jinoyat guruhining ayrim a’zolari ilgari ham ekstremistik faoliyat uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lib, ularga nisbatan avvalgi jarayonlarda yengillik qo‘llanilgani ma’lum bo‘ldi.

 

Natijada, 20 nafar faol ishtirokchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybli deb topildi va qilgan jinoyatlariga qarab 6 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Guruhning ayrim a’zolariga esa insonparvarlik tamoyillari asosida yengillik berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda noqonuniy ekstremistik guruh faoliyati fosh etildi | Zamon.uz