Toshkentdagi ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi
Holat yuzasidan shahar FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 11 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 12:40 da Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan plastmassa quvurlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va 13:15 da o‘chirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan







