O'zbekiston

“Xitoy va O‘zbekiston o'rtasida hamkorlikning oltin davri boshlanmoqda”

Toshkentda Xitoy elchixonasi siyosiy hamkorlikdan tortib milliardlab sarmoyalargacha bo'lgan mavzularni qamrab olgan brifing o‘tkazdi.

“Xitoy va O‘zbekiston o'rtasida hamkorlikning oltin davri boshlanmoqda”

Toshkentda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan maxsus brifing tashkil etildi. Unda Xitoy elchisi Yu Tsyun Xitoydagi asosiy siyosiy jarayonlar va Xitoy–O‘zbekiston hamkorligi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Tadbir ikki tomonlama aloqalar “yangi oltin davr” sari qadam tashlayotganining yana bir isboti bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Xitoyga amalga oshirgan tashrifi hamkorlik tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Pekindagi tantanali tadbirlarda va Tyantszindagi ShHT sammitida Prezident Si Szinpin bilan uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarga yangi siyosiy va iqtisodiy sur’at bag‘ishladi. Tomonlar strategik rejalar ishlab chiqib, transport, energetika, raqamli iqtisodiyot va madaniyat sohalarida qator kelishuvlarga erishdilar.

 

 

Si Szinpin O‘zbekistonni “yagona taqdir hamjamiyati”ning muhim qismi sifatida ta’riflab, “hamkorlik oltin davrga kirganini” alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish, yashil energetika va sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma loyihalarni jadallashtiradi.

 

Shavkat Mirziyoyev esa o‘z navbatida, Xitoyning uzoq yillik investitsiyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholab, “xalq farovonligini oshirishda Xitoy tajribasi muhim” ekanini qayd etdi. U Xitoyning global boshqaruv bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

 

 

Brifingda ShHT sammiti ham alohida muhokama qilindi. Tyantszin yig‘ilishida 23 mamlakat yetakchilari ishtirok etdi va tashkilot tarixidagi eng yirik sammit bo‘ldi. Si Szinpin ilgari surgan yangi tashabbuslar — “to‘rtta xavfsizlik markazi” va ShHT Taraqqiyot banki tashkil etilishi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik uchun katta imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

 

Brifingda, shuningdek, Xitoyning global boshqaruv tashabbusi muhokama qilindi. Bu tashabbus ko‘plab davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident Mirziyoyev ham uni “adolatli va oqilona xalqaro tartibotga xizmat qiluvchi” tashabbus sifatida baholadi.

 

Xitoy tomoni, shuningdek, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tajribalar almashishga tayyorligini bildirdi. Elchi Yu Tsyun ta’kidlashicha, O‘zbekiston so‘nggi yillarda bu borada sezilarli yutuqlarga erishdi va Xitoy modeli bu jarayonni yanada tezlashtirishga yordam beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Xitoy va O‘zbekiston o'rtasida hamkorlikning oltin davri boshlanmoqda” | Zamon.uz