Jahon

Xitoyda 14 soat davomida dars qilgan bola shifoxonaga yotqizildi

11 yoshli bola yozgi uy vazifasini bir kunda bajarishga uringan.

Xitoyda 14 soat davomida dars qilgan bola shifoxonaga yotqizildi

Xitoyning Xunan provinsiyasida 11 yoshli maktab o‘quvchisi uy vazifalarini ortiqcha darajada bajarishga urinishi oqibatida shifoxonaga yotqizildi.

 

26-avgust kuni Lyan Lyan ismli bola ertalab soat 8:00 dan kechki 22:00 gacha uzluksiz dars tayyorlash bilan shug‘ullangan. Bir necha soat o‘tgach, unda nafas qisilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va qo‘l-oyoqlarda karaxtlik belgilari kuzatildi. Ota-onasi uni darhol shifokorga olib bordi.

 

Shifokorlar o‘quvchiga giperventilyatsiya sindromidan kelib chiqqan nafas yo‘llari buzilishi tashxisini qo‘yishdi. Bolaga nafas olish niqobi taqilib, qisqa muddat ichida uning ahvoli yaxshilandi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday holat ko‘pincha hissiy zo‘riqish, ota-onalar bilan kelishmovchilik, imtihonoldi tashvish yoki uzoq vaqt telefon va gadjetlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Shifokorlarning ogohlantirishicha, giperventilyatsiya sindromi nafaqat nafas qisilishi va yurak urish tezligining oshishiga, balki og‘ir hollarda mushaklarning qattiqlashishi va hatto hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

 

Xuddi shu belgilar bilan avgust oyida viloyatdagi tez yordam bo‘limiga 30 dan ortiq o‘quvchi murojaat qilgani ma’lum qilindi. Bu boshqa oylarga nisbatan 10 barobar ko‘pdir.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.