Albaniyada sunʼiy intellekt vazir etib tayinlandi
U endilikda davlat xaridlari uchun masʼul bo‘ladi.

Albaniya hukumati tarixiy qadam tashladi: mamlakatda ilk bor sunʼiy intellekt vazir sifatida tayinlandi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
“Della” deb nomlangan sunʼiy intellekt modeli davlat xaridlari uchun masʼul bo‘ladi.
Bosh vazir Edi Ramaning so‘zlariga ko‘ra, endilikda tenderlar bo‘yicha qarorlarni sunʼiy intellekt xizmati qabul qiladi. Uning taʼkidlashicha, bu jarayon Albaniyada davlat xaridlarini mutlaqo shaffof va manfaatdor tomonlar taʼsiridan xoli qilishga xizmat qiladi.
AI xodimini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat organlarida neyron tarmoqlarni joriy qiluvchi, tenderlarning shaffofligi va adolatliligini taʼminlaydigan yangi bo‘lim tashkil etiladi. Sunʼiy intellektga ega vazir allaqachon ishga kirishgan va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.







