Dollarning rasmiy kursi pasaydi
1 AQSH dollari 12 426,83 so‘m etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,52 so‘mga pasayib, 12 426,83 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 20,76 so‘mga ko‘tarilib, 14 566,73 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,88 so‘mga oshib, 146,96 so‘mni tashkil etdi.







