Jahon

Fransiyada siyosiy inqiroz: Makron iste’foga chiqishi mumkin

104 deputat prezident Emmanuel Makronga impichment e’lon qilish tashabbusini imzoladi.

Fransiyada siyosiy inqiroz: Makron iste’foga chiqishi mumkin

Fransiyada mamlakat prezidenti Emmanuel Makron faoliyatiga nisbatan impichment jarayoni boshlandi. Parlamentda 104 nafar deputat ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, respublika prezidentiga nisbatan ishonchsizlik masalasini kun tartibiga kiritdi.

 

“Tarixiy voqea! 10-sentabr kuni o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng 104 deputat ekologlar va kommunistlar bilan birgalikda Makronga impichment e’lon qilish tashabbusini imzoladi. Prezident iste’foga chiqishi kerak”, — dedi “Insoumise France” partiyasi raisi Mathilde Pano.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-sentabr kuni “Hammasini yoping” shiori ostida Fransiya bo‘ylab yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Norozilar hukumatning iqtisodiy siyosati va byudjet qisqartirishlariga qarshi chiqib, ko‘chalarni to‘sib qo‘ydi, chiqindi qutilarini yoqdi hamda politsiya bilan to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

 

Deputatlar ovoz berish jarayonida 364 qarshi, 194 tarafdor ovoz bilan hukumatga ishonchsizlik bildirishdi. Natijada bosh vazir Fransua Bayru hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishlardan so‘ng mamlakatning ko‘plab shaharlarida fuqarolar bayramona chiqishlar uyushtirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Fransiyada siyosiy inqiroz: Makron iste’foga chiqishi mumkin | Zamon.uz