O'zbekiston

Jarima ballari tizimi sabab qoidabuzarliklar 58 foizga kamaydi

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, tizim ishga tushganidan beri haydovchilar orasida intizom oshgan.

Jarima ballari tizimi sabab qoidabuzarliklar 58 foizga kamaydi

1 iyundan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari tizimi ishga tushirilganidan keyingi uch oyda 60 mingdan ortiq haydovchi ball olgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

 

Tahlillarga ko‘ra, haydovchilar orasida 5 ball to‘plaganlar 4 nafar, 4 ballgacha jamg‘arganlar 14 nafar, 3 ballga yetganlar 129 nafarni tashkil etdi. 2 ball olganlar soni qariyb 5 ming, 1 ballga tushganlar esa 64 mingga yaqin. Shu bilan birga, mamlakatdagi 9 million 325 mingdan ziyod haydovchi umuman jarima balli olmagani qayd etilgan.

 

Tizim joriy etilgandan beri qoidabuzarliklar keskin kamaygan. Iyun-avgust oylarida 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan (285 mingta) 58 foizga kam.

 

Shuningdek, haydovchi aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni ham 36 foizga qisqargan. 2024 yilda 531 ta hodisa qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 338 tani tashkil etgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jarima ballari tizimi sabab qoidabuzarliklar 58 foizga kamaydi | Zamon.uz