O'zbekiston

O‘zbekiston iqtisodiyotning asosiy sohalarida biznes muhitining ijobiy dinamikasini namoyon qilmoqda

Ichki talabning ortishi va bandlik borasidagi ijobiy kutilmalar iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari bo‘lmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyotning asosiy sohalarida biznes muhitining ijobiy dinamikasini namoyon qilmoqda

Harakatlantiruvchi omillar — ichki talabning kengayishi va bandlik sohasidagi ijobiy kutilmalar hisoblanadi.

 

Ichki talabning ortishi va bandlik borasidagi ijobiy kutilmalar iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari bo‘lmoqda.

 

2025 yil 12 sentyabr, Toshkent. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) joriy yil avgust oyi uchun biznes muhiti tahlili natijalarini eʼlon qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, biznesning hozirgi holati va yaqin kelajakdagi rivojlanish bo‘yicha kutilmalarni aks ettiradigan Biznes muhiti indeksi shakllantirildi.

 

Biznes muhiti tahlili

 

Avgust oyida umumiy biznes muhiti indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 punktga o‘sib, 55 bandni tashkil etdi. Bu o‘sish asosan hozirgi faollikning o‘sishi hisobiga kuzatildi. Biznes muhitining joriy holati indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 bandga o‘sib, 49 bandni tashkil etdi.

 

Joriy holat indeksi tadbirkorlarning amaldagi vaziyatga, yaʼni sotuvlar, ish bilan taʼminlash, talab, resurslarga yetarli kirish imkoni va faoliyat muhitining barqarorligi kabi omillarga nisbatan munosabatini aks ettiradi.

 

Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 67 banddan 62 bandgacha biroz pasaygan bo‘lsa-da, hanuz yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu esa tadbirkorlarning kelajakka bo‘lgan ishonchi barqaror ekanini ko‘rsatadi.

 

O‘zbekistonda biznes-muhiti dinamikasi

 

O‘zbekistonda tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, barqaror ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Joriy yil avgust oyida o‘z biznesining joriy holatini “yaxshi” deb baholagan respondentlar ulushi o‘tgan yil avgust oyidagi 41%dan joriy yil 45% gacha o‘sdi. Shu bilan birga, respondentlarning 39% so‘nggi uch oyda biznes ko‘rsatkichlari yaxshilangannini taʼkidlagan bo‘lsa, 41% talab o‘sganligini bildirgan.

 

Kelgusi oylarga oid kutilmalar ham yuqori darajada saqlanmoqda. Xususan, respondentlarning 69% yaqin uch oy ichida o‘z biznesi o‘sishda davom etishiga ishonmoqda, 62% qo‘shimcha talab o‘sishini kutmoqda, 53% esa ishchilar soni ko‘payadi, deb prognoz bermoqda.

 

Sektor tahlili

 

Avgust oyida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi biznes muhiti sektorning pozitsiyalari mustahkamlanayotganini va tadbirkorlar ishonchi ortayotganini ko‘rsatdi. Oy davomida indeks 7 bandga o‘sib, 57 bandni tashkil etdi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1 bandga yaxshilandi.

 

So‘rov natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarning 50% o‘z biznesi holatini “yaxshi” deb baholagan, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 10 bandga yuqori. Shu bilan birga, respondentlarning 42% so‘nggi uch oyda biznesi yaxshilanganini qayd etgan. Qishloq xo‘jaligidagi istiqboldagi kutilmalar indeksi 68 bandga yetdi.

 

Sanoatda ishlab chiqarish faolligining jonlanishi kuzatildi. Jumladan, biznes-muhitining joriy holat indeksi 3 bandga o‘sib, 41 bandni tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy indeks 2 bandga pastlab, 48 bandni tashkil etdi.

 

Sanoatdagi tadbirkorlarning deyarli yarmi vaziyatni qoniqarli deb baholagan. Ishchilar sonining o‘sishi (28%) ish o‘rinlari kengayayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, respondentlarning 70% biznesining yaqin kelajakda yaxshilanishiga ishonmoqda.

 

Xizmatlar sohasida biznes-muhiti indeksi o‘tgan yilga nisbatan 5 bandga yaxshilanib, 57 bandga yetdi. Eʼtiborli jihati shundaki, joriy holat indeksi 16 bandga oshib, 52 ga yetgan.

 

Tadbirkorlarning yarmi (47%) o‘z biznesining joriy holatini “yaxshi” deb baholagan. Respondentlarning uchdan biridan ko‘prog‘i (39%) so‘nggi uch oyda yaxshilanganini qayd etgan. Shu bilan birga, bozor ishtirokchilarining chorak qismi (26%) yaqin uch oyda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmasligini taxmin qilgan.

 

Qurilish tarmog‘ida biznes-muhiti o‘tgan yilga nisbatan 5 bandga o‘sib, 61 bandga yetgan. Joriy holat indeksi 15 bandga oshib, 60 bandni tashkil etgan — bu biznes faolligining sezilarli darajada yaxshilanayotganini ko‘rsatadi. Joriy faoliyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, istiqboldagi kutilmalar indeksi biroz pasayib, 62 bandni tashkil etdi.

 

Gaipov Zohidjon,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligi va investitsion faollikni o‘rganish shoʻbasi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston iqtisodiyotning asosiy sohalarida biznes muhitining ijobiy dinamikasini namoyon qilmoqda | Zamon.uz