O'zbekiston

O‘zini DXX, IIB va MB xodimi deb tanishtirgan shaxslar fuqaroni 170 ming dollarga chuv tushirdi

Buning ortidan fuqaro avtomashinasi va uyini sotib, qarzga kirgan.

O‘zini DXX, IIB va MB xodimi deb tanishtirgan shaxslar fuqaroni 170 ming dollarga chuv tushirdi

Maʼlum bo‘lishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga fuqaro M.P. o‘zining ehtiyotsizligi va soddaligi oqibatida katta miqdordagi mablag‘dan mahrum bo‘lgani yuzasidan murojaat qilgan.

 

Fuqaro M.P. o‘z murojaatida, 2024 yil dekabr oyida o‘zini Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan shaxslar taʼsirida kriptovalyuta orqali 170 000 AQSH dollarini o‘tkazib yuborganini bildirgan. Shu maqsadda u avtomashinasi va uyini sotgan, jamg‘armalarini yo‘qotgan, hatto qarzga kirgan.

 

Fuqaro M.P. 2024 yil dekabrida Kiberxavfsizlik markaziga rasmiy tarzda murojaat qilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va u jabrlanuvchi sifatida tan olingan.

 

Ombudsman shikoyatda ko‘rsatilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan.

 

Murojaat hamkorlikda o‘rganilishi natijasida Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan Kriptodo‘kondan fuqaro M.P. foydasiga 115 ming AQSH dollari (1 mlrd 434 mln 625 ming so‘m) undirib berilgan.

 

“Ombudsmanga firibgarlik bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushadi, ammo ularning katta qismida mablag‘larni qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Bu esa bunday holatlarga aldanmaslik va oldindan ogoh bo‘lishni taqozo etadi”, deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zini DXX, IIB va MB xodimi deb tanishtirgan shaxslar fuqaroni 170 ming dollarga chuv tushirdi | Zamon.uz