Qozog‘istonda 3 yoshli qizcha ustidan politsiyaga ariza yozildi
Bunga uning 5 yoshli qizcha bilan o‘yinchoq talashgani sabab bo‘lgan.

Qozog‘istonning Atirov shahrida 3 yoshli qizcha ustidan politsiyaga shikoyat arizasi yozildi. Bu haqida “Oxu.az” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunga 3 va 5 yoshli qizaloqlarning qahvaxonada o‘yinchoq changyutgichni bo‘lisholmagani sabab bo‘lgan. Ular shu tariqa janjallashib ketishgan.
Ko‘p o‘tmay bolalar yarashishgan, ammo ulardan birining onasi bunga rozi bo‘lmay, politsiyaga murojaat qilib, omma oldida kechirim so‘rashni talab qilgan.
Shahar politsiyasi bunga javoban, 3 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan ariza qabul qilinmasligini aytgan. Shu bois murojaat bekor qilingan va ota-onalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.







