O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi islohotlar samaradorligi bilan tanishdi

So‘nggi yillarda viloyatga 2 milliard dollar sarmoya kiritilib, 25 mingdan ortiq korxona ishga tushirildi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi islohotlar samaradorligi bilan tanishdi

Davlat rahbariga Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda yangi tashabbuslar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

 

So‘nggi yillarda tabiiy resurslari cheklangan ushbu hudud iqtisodiyoti tarkibiy o‘zgarishlar orqali barqaror rivojlanib bormoqda. Sakkiz yil davomida viloyatga 2 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilib, 25 mingdan ortiq sanoat korxonasi tashkil etildi. Natijada ishlab chiqarish hajmi qariyb 2,2 barobar oshdi.

 

Hududda to‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati faol rivojlanmoqda. Suv resurslarini samarali boshqarish doirasida Toshsoqa magistral kanali qayta tiklandi, Amudaryo ustida qurilgan yangi ko‘prik esa aholi uchun muhim transport qulayliklarini yaratdi.

 

So‘nggi yillarda 660 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilib, 21 ming oila yangi turar-joyga ko‘chib o‘tdi. 4,7 ming kilometr ichimlik suvi va 206 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari barpo etilib, 580 ming aholiga birinchi marta markazlashgan ichimlik suvi yetkazildi. 2025-yil boshidan buyon 100 ming ehtiyojmand fuqaroga ish o‘rinlari yaratildi, kambag‘allik darajasi esa 12 foizdan 6,8 foizgacha qisqardi.

 

Yangi bosqichda “Islohotlar shtabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlik tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda. Jumladan, Janubiy Koreya, Avstraliya va Slovakiya kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 1 milliarddan ortiq dollar bo‘lgan yirik sanoat va energetika loyihalari taqdim etildi.

 

Umuman olganda, Xorazm viloyati bo‘yicha qiymati 2,4 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya loyihalari shakllantirilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 86 million dollarlik istiqbolli tashabbuslar ishlab chiqilgan.

 

Davlat rahbari investorlarga zarur qulayliklar yaratish, loyihalarni tezkor amalga oshirish va sanoat zonalaridan to‘liq foydalanish yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi islohotlar samaradorligi bilan tanishdi | Zamon.uz