O'zbekiston

Toshkentda “Dok-1 Max” va boshqa xavfli dorilar yo‘q qilinmoqda

Majburiy ijro byurosi xodimlari 68 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Max” va boshqa preparatlarni butunlay muomaladan chiqarishga kirishdi.

Toshkentda “Dok-1 Max” va boshqa xavfli dorilar yo‘q qilinmoqda

Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimida katta fojiaga sabab bo‘lgan “Dok-1 Max” siropi va boshqa xavfli preparatlarni butunlay muomaladan chiqarish jarayoni boshlandi. Ushbu ish Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Omborlarda saqlanib qolgan jami 3,3 million dona dori vositasi, jumladan, 101 mingdan ortiq “Dok-1 Max” siropi va 56 ming dona “Ambronol” siropi, shuningdek millionlab tabletkalar maxsus pechlarda yoqib yuboriladi. Mutaxassislar nazorati ostida olib borilayotgan bu jarayon ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik talablariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.

 

Ma’lumki, ushbu dori vositalari tarkibida zaharli modda — etilen glikol aniqlangani sababli O‘zbekistonda 68 nafar bola halok bo‘lib, yana bir qator bolalar sog‘lig‘idan ayrilgan edi. Tekshiruvlar jarayonida preparatlar standartlashtirish bosqichida jiddiy qonunbuzarliklar orqali sertifikatlanganligi va korrupsion omillar sababli bozorga chiqarib yuborilgani fosh etilgan.

 

Sud qaroriga asosan 23 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ulardan “Quramax Medical” kompaniyasi rahbari Singx Ragvendra Pratap 20 yilga, Farmatsevtika agentligi va Dori vositalarini ekspertiza markazining sobiq rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar 16–18 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

 

Jabrlangan oilalarga jami 75,6 milliard so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirildi. Xususan, halok bo‘lgan 68 nafar bolaning oila a’zolariga va og‘ir tan jarohati olgan bolalarning qonuniy vakillariga individual tovon pullari ajratilishi belgilandi.

 

Ushbu chora-tadbirlar kelajakda bunday fojiaga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, farmatsevtika sohasida xavfsizlik va javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “Dok-1 Max” va boshqa xavfli dorilar yo‘q qilinmoqda | Zamon.uz