O'zbekiston

Bir nechta viloyatlarda ptokuror, sudya yordamchisi va advokatlarning korrupsion harakatlari fosh etildi

DXX Zamon.uz’ga voqea tafsilotlarini ma'lum qildi.

Bir nechta viloyatlarda ptokuror, sudya yordamchisi va advokatlarning korrupsion harakatlari fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura organlari hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Surxondaryo, Andijon va Jizzax viloyatlarida mansabdor va huquqshunos shaxslarning qonunga xilof harakatlari fosh etildi.

 

Surxondaryo viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori xizmat mavqeidan foydalanib, Denov tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi yurituviga kelib tushgan, 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lishiga qaramay, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berishini aytib, evaziga 2000 AQSh dollari talab qilgan.

 

Joriy yilning 5-sentyabr kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 million so‘mni o‘z nomidagi plastik karta orqali o‘tkazib olgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror talab qilingan puldan 1300 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Andijon viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining katta yordamchisi Andijon shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan ayol nomidan Andijon tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga da’vo arizasini kiritib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur ayolning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 500 AQSh dollari talab qilgan.

 

Sudya yordamchisi dastlab talab qilingan mablag‘dan 200 AQSh dollarini olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 300 AQSh dollariga teng bo‘lgan 3 million 800 ming so‘mni olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Jizzax shahrida esa mahalliy advokatlik hay’ati advokati o‘zining xizmat mavqeidan foydalanib, Mirzacho‘l tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan til biriktirgan. Ular Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan manzil koloniyada jazoni o‘tayotgan mahkumni Jizzax viloyat sud tizimidagi tanishlari orqali oqlov hukmi chiqarish asosida muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berish evaziga 6000 AQSh dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat va uning sherigi so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bir nechta viloyatlarda ptokuror, sudya yordamchisi va advokatlarning korrupsion harakatlari fosh etildi | Zamon.uz