Jahon

BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatini tan olishga doir deklaratsiyani ma’qulladi

Deklaratsiyada G‘azo urushini to‘xtatish, XAMAS hukmronligini tugatish va mustaqil Falastin davlatini barpo etish zarurligi qayd etildi.

BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatini tan olishga doir deklaratsiyani ma’qulladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Falastin davlatini tan olish va Isroil–Falastin mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal qilish bo‘yicha muhim deklaratsiyani ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi.

 

Deklaratsiyada G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish, XAMASning hududdagi hukmronligini tugatishi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat ishtirokida Falastin ma’muriyatiga qurol topshirilishi zarurligi qayd etilgan. Asosiy maqsad – suveren va mustaqil Falastin davlatini barpo etishdir.

 

Al-Arabiya axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, hujjatni qo‘llab-quvvatlab 142 davlat ovoz bergan, 10 davlat qarshi chiqqan, yana 12 davlat betaraf qolgan.

 

Mazkur deklaratsiyada xalqaro hamjamiyatning Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga hamda 2023-yil 7-oktabr kuni XAMAS tomonidan amalga oshirilgan hujumlarga nisbatan qat’iy munosabati bildirildi va ular qoralandi.

 

Qayd etilishicha, yetti sahifadan iborat bo‘lgan hujjat o‘tgan yil iyul oyida Saudiya Arabistoni va Fransiya tashabbusi bilan BMTda tashkil etilgan xalqaro konferensiya natijasi hisoblanadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatini tan olishga doir deklaratsiyani ma’qulladi | Zamon.uz