O'zbekiston

Namanganda VIII asrga oid noyob qoʻlyozma va tangalar topildi

Topilmalar orasida Abbosiylar davri tangalari va ilmiy qoʻlyozmalar ham bor.

Namanganda VIII asrga oid noyob qoʻlyozma va tangalar topildi

Namangan viloyatidagi Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi “Yangi Axsi” majmuasida qadimiy boyliklar topildi. Fond 68 ta yangi tanga va 27 ta kitob bilan boyidi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Topilmalar orasida VIII asrda Abbosiylar hukmronligi davrida zarb etilgan kumush tangalar hamda arab yozuvida bitilgan noyob qoʻlyozma mavjud. Qoʻlyozmada handasa, riyoziyot, ilmi nujum va tibbiyotga oid bilimlar jamlangan.

 

Shuningdek, fondga Somoniylar va Qoraxoniylar davriga oid, shuningdek, 1667–1670-yillarda Shvetsiya va 1836-yilda Buyuk Britaniyada zarb etilgan tangalar ham qoʻshildi. Bu yodgorliklar tarixiy merosni yanada boyitishi kutilmoqda.

 

Ayni paytda Axsikent arxeologik ekspeditsiyasi Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi boʻlgan Yakqayigit bogʻida qazish ishlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, bu hududdan yana ko‘plab tarixiy topilmalar aniqlanishi mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Namanganda VIII asrga oid noyob qoʻlyozma va tangalar topildi | Zamon.uz