Jahon

Nepalga vaqtinchalik bosh vazir tayinlandi

Nomzod namoyishchilar tomonidan ilgari surilgandi.

Nepalga vaqtinchalik bosh vazir tayinlandi

Nepal prezidenti Ram Chandra Paudel mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida Oliy sudning sobiq raisi Sushila Karkini vaqtinchalik bosh vazir etib tayinladi. OAV xabarlariga ko‘ra, prezident namoyishchilarning bosimiga yo‘l bergan, shuningdek, vakillar palatasini tarqatish va favqulodda holat joriy etishga ham rozi bo‘lgan.

 

Avvalroq namoyishchilar Karkini bosh vazirlikka asosiy nomzod sifatida ilgari surishgan edi. 73 yoshli Karki korrupsiyaga qarshi faol kurashchi sifatida tanilgan bo‘lib, u 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi parlament saylovlarigacha hukumatni boshqaradi.

 

8–9 sentyabr kunlari mamlakatda hukumatning ijtimoiy tarmoqlarni bloklash qaroriga va keng tarqalgan korrupsiyaga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. “Z avlod” deb nom olgan noroziliklar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib, tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 51 kishi halok bo‘ldi, 1300 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

 

Namoyishlar natijasida hukumat ijtimoiy tarmoqlarni bloklash qarorini bekor qildi, amaldagi bosh vazir Sharma Oli esa isteʼfoga chiqdi.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"