Tramp Qatar bosh vaziri bilan uchrashdi
Ularning muhokama mavzusi ochiqlanmagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uy vakili jurnalistlarga maʼlum qildi.
Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, uchrashuv bo‘lgani tasdiqlangan, biroq unda qaysi masalalar muhokama qilingani ochiqlanmagan.
Politico‘ning yozishicha, Qatar bosh vaziri Nyu-York va Vashingtonga tashrifi davomida prezident Tramp, maxsus vakil Stiv Uitkoff, vitse-prezident Jey Di Vens hamda davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, muzokaralarda Isroilning Dohaga bergan zarbasi va G‘azodagi harbiy harakatlarni to‘xtatish masalasi muhokama qilinishi kutilgan.







