O'zbekiston

Urganchda YPX inspektori “Cobalt” avtomobilining oynasini sindirdi

Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB rasmiy izoh berdi.

Urganchda YPX inspektori “Cobalt” avtomobilining oynasini sindirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX inspektori tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobilning old oynasi sindirilgani aks etgan videolavha Xorazm viloyati IIB tomonidan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, 9-sentabr kuni “Cholish” to‘siq-postida YPX inspektori avtomobilni to‘xtatish ishorasini bergan, biroq haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan Urganch tomonga harakatni davom ettirgan.

 

Shundan so‘ng boshqa YPX inspektori avtomobilni Urganch shahri hududida kuzatib borgan va chorrahada haydovchidan to‘xtashni talab qilgan. Ammo haydovchi yana hamkorlik qilmagan va avtomobilni eshiklarini qulflab, inspektor yo‘l oldida turganiga qaramasdan harakatni davom ettirmoqchi bo‘lgan. Shu paytda inspektor avtomobilni to‘xtatish uchun aloqa vositasi yordamida old oynani urib sindirgan.

 

Bunga qaramay, haydovchi voqea joyidan qochishga uringan, biroq keyingi chorrahada ushlangan. Surishtiruvda aniqlanishicha, Beruniy tumanida yashovchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2003-yilda tug‘ilgan shaxs avtomobilni hech qanday hujjatsiz boshqargan. Shuningdek, ushbu mashina oldin ham uch marta qoidabuzarlik sodir etgan va jarimalar ikki oydan ortiq muddat davomida to‘lanmagan.

 

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Urganchda YPX inspektori “Cobalt” avtomobilining oynasini sindirdi | Zamon.uz