Vengriyada qabr qazish bo‘yicha chempionat o‘tkazildi
Unda ikki kishidan iborat jamoalar raqobatlashgan.

Vengriyaning Seksard shahrida noodatiy musobaqa — qabr qazish bo‘yicha 18-xalqaro chempionat bo‘lib o‘tdi. Tadbirni mamlakat Qabr qazuvchilar uyushmasi tashkil etdi.
Bellashuv shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar ikki soat ichida 200x80 santimetr o‘lchamda va 160 santimetr chuqurlikda qabr qazishi lozim edi.
Musobaqada Vengriyaning Parakletosz Nonprifit jamoasi g‘olib chiqdi. Bu ularning ketma-ket ikkinchi yil g‘alabasi bo‘ldi.
Tashkilotchilarning aytishicha, bunday chempionatlar kasb nufuzini oshirib, yoshlarning sohaga qiziqtirishiga xizmat qiladi.







