Yaponiyada uchuvchining mastligi sabab 630 yo‘lovchining reysi bekor qilindi
Japan Airlines uchuvchisining spirtli ichimlik iste’mol qilgani oqibatida uchta reys 18 soatga kechikdi.

Japan Airlines (JAL) aviakompaniyasi uchuvchisi xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani oqibatida uchta reys 18 soatga kechikdi. Hodisa Gavayi orollaridagi Gonolulu xalqaro aeroportida, Chubu xalqaro aeroportiga (NNT) uchishi rejalashtirilgan Boeing 787 samolyoti parvozi oldidan yuz berdi.
Aniqlanishicha, parvoz kapitani spirtli ichimlik iste’mol qilgani sababli xizmatga layoqatsiz holatda bo‘lganini tan olgan. Mazkur voqea oqibatida jami 630 nafar yo‘lovchining parvozi kechiktirildi.
Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi JAL aviakompaniyasiga nisbatan rasmiy ogohlantirish berdi. Aviakompaniya prezidenti Mitsuko Tottori jamoatchilikdan uzr so‘rab, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ekipaj a’zolari salomatligini nazorat qilish tizimi kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan uchuvchi ishidan bo‘shatildi.







