Jahon

AQSh jangovar sharoitlar uchun “aqlli qon hujayralari” yaratmoqda

“Aqlli qon” hayotiy funksiyalarni saqlash, qon ivishini tezlashtirish va ekstremal sharoitlarga moslashishni ta’minlaydi.

AQSh jangovar sharoitlar uchun “aqlli qon hujayralari” yaratmoqda

AQSh Mudofaa vazirligining ilg‘or tadqiqotlar agentligi (DARPA) inson organizmi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi ilmiy tashabbusni ishga tushirdi. Smart-Red Blood Cells (Smart-RBC) deb nomlangan loyiha sintetik biologiya orqali modifikatsiyalangan qizil qon tanachalarini yaratishni ko‘zda tutadi.

 

Mazkur “aqlli” hujayralar maxsus biotizimlar yordamida fiziologik signallarni aniqlash, qaror qabul qilish va organizm holatiga mos ravishda javob berish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ularning asosiy vazifasi — qiyin jangovar sharoitlarda hayotiy funksiyalarni saqlash, qon ivishini tezlashtirish va og‘ir jarohatlarda omon qolish imkoniyatlarini oshirishdir.

 

DARPA ma’lumotiga ko‘ra, yaratilayotgan hujayralar uchta asosiy funksiyani o‘zida mujassam etadi: biomarkerni aniqlash, qaror qabul qilish va zarur moddalarning chiqarilishini ta’minlash. Dastlabki bosqich tadqiqotlari jismoniy ko‘rsatkichlarni saqlash hamda gemostazni kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Keyingi bosqichlarda esa ular termoregulyatsiya, universal qon mosligi va yuqori balandliklarga moslashish kabi funksiyalar bilan kengaytirilishi rejalashtirilgan.

 

36 oylik loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda hujayralarga sintetik biologik mexanizmlarni muvaffaqiyatli qo‘shish va ularning barqarorligini isbotlash, ikkinchi bosqichda esa ularning samaradorligini real sharoitlarda sinovdan o‘tkazish belgilangan.

 

Smart-RBC tashabbusi hozircha tajriba bosqichida bo‘lsa-da, Pentagonning bu yo‘nalishga katta mablag‘ yo‘naltirayotgani ushbu texnologiyaning harbiy tibbiyot va mudofaa sohasidagi ulkan istiqbolini ko‘rsatmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh jangovar sharoitlar uchun “aqlli qon hujayralari” yaratmoqda | Zamon.uz