AQSh va Tolibon garovga olingan fuqarolar masalasida muzokara o‘tkazdi
Oq uy va AQSh Davlat departamenti voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.

AQSh hukumati Afg‘onistonda hokimiyatni egallab turgan Tolibon harakati bilan garovga olingan amerikaliklarni ozod etish masalasida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar berdi.
Muzokaralarda AQShning garovga olish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Adam Beller hamda Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakil Zalmay Halilzod ishtirok etdi. Afg‘oniston tomonini esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy vakillik qildi.
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi ikki tomon uchrashuvlarda garovga olinganlar va turli davlatlarda hibsda saqlanayotgan fuqarolar masalasi bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olganini bildirdi.
Oq uy va AQSh Davlat departamenti muzokaralar yuzasidan hozircha izoh bermadi. Reuters manbasiga ko‘ra, AQSh rasmiylari Tolibonning inson huquqlari borasidagi majburiyatlarni bajarayotganida sekinlik kuzatilayotgani sababli norozi. Bu esa kelgusida foydali qazilmalar sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini noaniq qoldirmoqda.







