O'zbekiston

Namananganda 7,2 mlrd so‘mlik kontrafakt dori ombori fosh etildi

DXX aniqlangan holat yuzasidan Zamon.uz’ni xabardor qildi.

Namananganda 7,2 mlrd so‘mlik kontrafakt dori ombori fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namanagan viloyat bojxona boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy farmatsevtika savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar faoliyati fosh etildi.

 

Ushbu tadbir davomida Uychida yashovchi 1985, 1992 va 1993-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, sifatsiz va rasmiy sertifikatsiz dori vositalarini yashirin omborlarda saqlab, savdoga tayyorlab kelgani aniqlandi.

 

Namanagan shahri va Uychi tumanidagi besh manzilga joylashtirilgan yashirin omborlar ko‘zdan kechirilganda, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vetnam, Isroil, Polsha, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlarsiz 1 267 turdagi jami 102 640 dona quti dori vositalari borligi aniqlandi. Ularning umumiy qiymati 7,2 milliard so‘mga tengligi qayd etildi.

 

Shuningdek, noqonuniy mahsulotlar orasida kuchli ta’sir qiluvchi “Testosteron” va “Retabolil” kabi preparatlar ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

 

O‘tkazilgan tergovoldi surishtiruv natijalariga ko‘ra, dori vositalari mamlakatimizga Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3 va 251-1-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilgan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namananganda 7,2 mlrd so‘mlik kontrafakt dori ombori fosh etildi | Zamon.uz