O'zbekiston

Namanganda poyezd Gentra’ni urib yubordi, 6 kishi halok bo‘ldi

Avtomobil haydovchisi qoidalarni buzgan va poyezd yaqinlashayotganiga qaramay temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.

Namanganda poyezd Gentra’ni urib yubordi, 6 kishi halok bo‘ldi

13-sentyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Chortoq–Uychi bekatlari oralig‘idagi qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida Gentra rusumli yengil avtomobil poyezd bilan to‘qnashgan. Dastlabki tergov materiallariga ko‘ra, avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezd yaqinlashib kelayotganiga qaramay temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.

 

Avtomobil ichida jami olti kishi bo‘lgan — besh nafar ayol va bir nafar voyaga yetmagan bola. Kuchli zarba oqibatida barcha yo‘lovchilar voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Poyezd mashinistlari to‘satdan vaziyatni ko‘rib, shoshilinch tormoz qo‘llashgan. Biroq katta tezlik sababli hodisaning oldini olishning imkoni bo‘lmagan. Poyezdga yengil texnik zarar yetgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.