Jahon

Shimoliy Koreyada xorijiy seriallarni tomosha qilganlar qatl qilinadi

BMT hisobotiga ko‘ra, Shimoliy Koreyada xorijiy, xususan Janubiy Koreya seriallarini tarqatgan fuqarolar o‘lim jazosi bilan jazolanmoqda.

Shimoliy Koreyada xorijiy seriallarni tomosha qilganlar qatl qilinadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha taqdim etgan yangi hisobotida qayd etilishicha, Shimoliy Koreyada xorijiy audiovizual mahsulotlarni, xususan Janubiy Koreya seriallarini tarqatish hamda tomosha qilish keskin jazoga sabab bo‘lmoqda. Hisobotga ko‘ra, mamlakatda ushbu faoliyat uchun o‘lim jazosi qo‘llanilmoqda va bir necha fuqaro sud hukmiga binoan qatl etilgan.

 

BMTning Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Jeyms Hinanning ma’lum qilishicha, 2014-yildan buyon mamlakatda kuzatuv texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda va ayniqsa COVID-19 pandemiyasidan so‘ng og‘ir jazo choralari kuchaygan. Shu bilan birga, oddiy va siyosiy tusdagi jinoyatlar uchun ham qatl etish holatlari soni ortgani kuzatilgan.

 

Shu bilan bir qatorda, BMT hisobotida qamoqxona sharoitlarida ayrim zo‘ravonlik holatlari kamaygani, sud-huquq tizimida ayrim islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Biroq xalqaro tashkilot mamlakatdagi bolalar mehnati masalasidan jiddiy xavotirda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar xavfli sanoat tarmoqlarida, jumladan ko‘mir qazib olish va qurilish sohalarida, shuningdek “zarbdor brigadalar” tarkibida majburiy mehnatga jalb qilinmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shimoliy Koreyada xorijiy seriallarni tomosha qilganlar qatl qilinadi | Zamon.uz