O'zbekiston

Toshkent viloyati aholisi uchun qulay avtobus xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlari viloyat hududlariga kengaytirilmoqda.

Toshkent viloyati aholisi uchun qulay avtobus xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahar transport boshqarmasi jamoatchilik o‘rtasida paydo bo‘lgan savollarga izoh berib, avtobus qatnovlarini poytaxt aglomeratsiyasi va viloyat hududlarigacha uzaytirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq, Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarini poytaxt bilan uzluksiz bog‘lashga qaratilgan keng qamrovli loyihalar ishlab chiqilmoqda. Mazkur loyihalar tasdiqlangach, belgilangan tartib asosida ochiq elektron tender e’lon qilinadi va g‘olib bilan maxsus burtto-shartnoma imzolanadi.

 

Shuningdek, yo‘nalishlarning uzayishi avtobuslarni kutish vaqtini orttirib yubormasligi uchun qo‘shimcha transport vositalari ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu chora transport tizimi barqarorligi va xizmat sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Ayni paytda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xavfsizlikni mustahkamlash, texnik va tashkiliy masalalarni hal qilish ishlari davom etmoqda. Muhandislik va loyiha guruhlari aglomeratsiyaning barcha hududlarida logistika jarayonlarini o‘rganmoqda.

 

Poytaxt va uning atroflarida yagona transport tizimi shakllantirilishi natijasida nafaqat shahar markazida, balki viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholiga ham qulay, xavfsiz va muntazam jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyati aholisi uchun qulay avtobus xizmati yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz