Xitoyda yangi iPhone Air savdosiga ruxsat berilmadi
iPhone 17 seriyasining boshqa modellari Xitoy va jahon bozoriga chiqadi, biroq iPhone Air savdosi to‘xtatildi.

Apple korporatsiyasining yangi iPhone Air modeli Xitoy bozorida sotuvga chiqarilishi taqiqlanib turibdi. Bu haqda South China Morning Post nashriga tayanib, Oxu.Az xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya mazkur modelni mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur ruxsatni ololmadi. Natijada iPhone Air savdosini boshlash muddati kechiktirilgan.
Shunga qaramay, Apple’ning boshqa mahsulotlari – iPhone 17 seriyasidagi qolgan modellari 19-sentabrdan boshlab Xitoy va boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqariladi.
Manbaga ko‘ra, iPhone Air odatiy SIM-karta uyasiga ega emas. Qurilma faqat virtual SIM-karta – eSIM texnologiyasi bilan ishlab chiqarilgan. Xitoyda esa eSIM asosida ishlovchi qurilmalarni ishga tushirish uchun nazorat organlarining maxsus ruxsati talab qilinadi.







