O'zbekiston

40 nafar iqtidorli o‘quvchi AQSHdagi ‘Ivy League’ universitetlarida tajriba orttiradi

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi “Renessans” oromgohida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

40 nafar iqtidorli o‘quvchi AQSHdagi ‘Ivy League’ universitetlarida tajriba orttiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizda taʼlim va yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buning uchun ko‘plab o‘quv muassasalari qurilib, zamonaviy jihozlanmoqda. Yoshlarga umumiy taʼlim bilan birga iqtidoriga qarab ixtisoslashtirilgan bilimlar ham berilmoqda. Jumladan, 14 ta Prezident maktabi, 201 ta ixtisoslashgan, 2 ta sport va 9 ta ijod maktabi tashkil etildi. Ulardagi o‘qitish va baholash tizimi 1 ming 500 ta maktabda ham joriy etildi.

 

Buning mantiqiy davomi sifatida bilimli o‘quvchilarni saralab, xalqaro darajada tarbiyalashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘tgan yili Fan olimpiadalari markazi, bu yil xalqaro maktab tashkil etildi.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga muvofiq, yoshlarimizni Amerikaning “Pechak ligasi” (The Ivy League) universitetlariga tayyorlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning uchun milliy dastur qabul qilindi. Joriy yil dastlab 1,5 ming nafar o‘quvchi saralab olindi. Ularga Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi biriktirildi.

 

Mazkur “Renessans” oromgohi ushbu tizimning bir qismi. Bu yerda yoshlar yil davomida 3 haftalik intensiv o‘quv kurslarda o‘qitiladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafari “Pechak ligasi” universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

 

Oromgoh 500 ga yaqin o‘quvchini qabul qilish quvvatiga ega. Maʼmuriyat, o‘quv binolari va yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona hamda avtoturargohlar tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik sanaladi.

 

Yozda o‘tkazilgan seminarlarda fan olimpiadalari g‘oliblari, xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari ishtirok etdi. Bu teng imkoniyatlardan foydalangan o‘g‘il-qizlar bilimini oshirib, kelajagiga mustahkam zamin yaratdi.

 

Sir emas, ilgari oromgohlarga dam olish va ko‘ngilochar maskan sifatida qaralgan. Endi bunday qarash mutlaqo o‘zgardi. “Renessans” o‘quvchilarning taʼlim, maʼnaviyat va innovatsiya maydoniga aylandi.

 

Prezidentimiz oromgoh xonalaridagi sharoitlarni, yoshlarning ixtirolarini ko‘zdan kechirdi.

 

STEAM xonalari, samolyot boshqaruvi simulyatori, tabiiy fanlar laboratoriyalari bolalarning qiziqishlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantiradi. Ular kutubxonada bilimini, sport maydonchalarida salomatligini mustahkamlaydi. Sanʼat burchagida sanʼat, adabiyot yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar qo‘llab-quvvatlanadi. Xushmanzara tabiat, do‘stona muhit yoshlarning kayfiyati, intilishini oshiradi.    

 

Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekiston universiteti rahbariyati va bitiruvchilari bilan ham muloqot qildi.

 

– O‘zbekiston yoshlarining salohiyati, g‘ayrat-shijoati, intilishi kuchli. Biz davlat bo‘lib, millat bo‘lib, sifatli taʼlimni taʼminlasak, farzandlarimizga hech kim bas kelolmaydi, ular hamma sohada yetakchi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 Shu yerda Al-Xorazmiy universiteti kampusi loyihasi taqdimot qilindi. Bu tashabbus zamirida ham yoshlarning bilimli bo‘lishi, iqtidori rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsad qilingan. Loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

40 nafar iqtidorli o‘quvchi AQSHdagi ‘Ivy League’ universitetlarida tajriba orttiradi | Zamon.uz