Jahon

Google jurnalistik materiallardan noqonuniy foydalangani uchun sudga berildi

Google daʼvolarni asossiz deb baholab, sudda o‘zini himoya qilishini bildirdi.

Google jurnalistik materiallardan noqonuniy foydalangani uchun sudga berildi

Rolling Stone, Billboard va Variety kabi nashrlar egasi Penske Media kompaniyasi Google’ni Vashingtondagi federal sudga berdi. Daʼvoga ko‘ra, texnologiya giganti o‘zining sunʼiy intellekt tizimlari orqali jurnalistik materiallardan ruxsatsiz foydalanib, nashriyotlarning rasmiy saytlariga tashriflar sonini keskin kamaytirmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

 

Mazkur sud ishi Google (Alphabet) kompaniyasiga qarshi shu turdagi birinchi daʼvo hisoblanadi. Nashriyotlar bir necha oydan beri Google’ning yangi “AI umumiy maʼlumotlar” funksiyasi ularning saytidan auditoriyani tortib olayotgani, buning oqibatida reklama va obuna daromadlari kamayayotganini taʼkidlab kelmoqda.

 

Penske Media’ning qayd etishicha, Google faqat AI xulosalarida maqolalari ishlatilgan taqdirdagina qidiruv natijalarida ularning saytlariga havola beradi. Aks holda, Google nashriyotlarga o‘z kontentlaridan foydalanish huquqi uchun haq to‘lashi lozim edi. Kompaniya buni Google’ning qidiruv bozoridagi hukmron mavqeidan foydalanish sifatida baholamoqda. Federal sud qaroriga ko‘ra, Google AQSh qidiruv bozorining qariyb 90 foiziga egalik qiladi.

 

Daʼvoda keltirilishicha, Penske Media saytlariga tashrif buyuruvchilarning qariyb 20 foizi hozirda AI orqali shakllangan sharhlar sabab kamaygan va bu ulush yanada ortishi mumkin. 2024-yil oxiriga borib, kompaniya daromadlari uchdan bir qismidan ko‘prog‘iga qisqargani taʼkidlangan.

 

Google esa o‘z pozitsiyasida turib, “AI Overviews” qidiruv tizimini foydalanuvchilar uchun yanada samarali qilishi, kontentni topish imkoniyatlarini kengaytirishini bildirgan. Kompaniya o‘ziga qarshi qo‘yilgan daʼvolarni asossiz deb baholab, sudda o‘zini himoya qilishini maʼlum qilgan.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"