Jahon

Turkiyada muxolifat tarafdorlari namoyishga chiqdi

Ular qurultoy natijalarini bekor qilishga qarshi.

Turkiyada muxolifat tarafdorlari namoyishga chiqdi

Turkiyaning eng yirik muxolif partiyasi — Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) tarafdori bo‘lgan qariyb 50 ming kishi 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sud majlisi arafasida Anqara ko‘chalarida namoyish o‘tkazdi. Bu haqida Reuters axborot agentligi xabar berdi.

 

Mazkur sudda CHP‘ning 2023 yil noyabr oyida o‘tkazilgan qurultoyi natijalarini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shu qaror qabul qilinsa, partiya yetakchisi sifatida saylangan O‘zgyur O‘zel lavozimidan chetlatilishi mumkin.

 

CHP vakillari ovozlarni soxtalashtirish haqidagi ayblovlarni rad etib, ishni “siyosiy sabablar bilan ochilgan” deb atashmoqda.

 

— “Bu ish siyosiy mazmunga ega, ayblovlar esa tuhmatdan iborat. Bizning safdoshlarimiz aybsiz. Bunday jarayon kelajakdagi hukumatga qarshi uyushtirilayotgan to‘ntarishdir. Biz bunga qarshi kurashamiz”, — dedi O‘zgyur O‘zel namoyishda qilgan chiqishida.

 

CHP 2024 yilgi mahalliy saylovlarda Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) ustidan g‘alaba qozongan edi. Partiyaning mashhurligi so‘nggi ijtimoiy so‘rovlar natijasida ham ortib borayotgani qayd etilmoqda.

 

Reuters maʼlumotiga ko‘ra, o‘tgan bir yil davomida korrupsiya bo‘yicha tergovlar doirasida CHP‘ning 500 dan ortiq aʼzosi qo‘lga olingan. Joriy yil mart oyida Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi, Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinishi ham butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada muxolifat tarafdorlari namoyishga chiqdi | Zamon.uz