O'zbekiston

750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar tizimi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

 

Katta Namangan magistral kanalida joylashgan ushbu nasos orqali 815 gektar yer sug‘oriladi. Lekin agregatlar eskirib ketgani sababli samaradorlik past, isrofgarchilik ko‘p edi. Jumladan, har yili taxminan 6 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanardi.

 

Tadbirkor tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida bu yerga energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. Yangilangan tizim yiliga qirq foizgacha elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini bermoqda.

 

Tejamkorlik bilan birga yangi nasoslarning suv chiqarish quvvati ham yuqori. Bu esa dalalarni sug‘orish ko‘lamini oshirib, hosildorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.

 

Viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi bor. Ulardan 43 tasi “Nammotors suv taʼminot” korxonasiga davlat-xususiy sheriklik asosida 10 yil muddatga boshqaruvga berilgan. Bu jarayonga 40 milliard so‘mlik investitsiya yo‘naltirilgan. Inshootlarga o‘rnatilayotgan nasos agregatlari mahalliylashtirilgan.

 

Davlatimiz rahbari ikki yil ichida “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barcha nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, buni mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Faqat texnologiyalarni yangilash bilan cheklanib qolmasdan, ularni malakali boshqarish va to‘g‘ri foydalanish ham muhimligi taʼkidlandi. Ilm va bilim bilan ish yuritilsa, modernizatsiyaning iqtisodiy samarasi yuksaladi. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik ortib, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmush darajasi yaxshilanadi.

 

Mutasaddilar kelgusida 750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar hamda tomchilatib sug‘orish tizimlarining joriy etilishi haqida maʼlumot berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar tizimi joriy etiladi | Zamon.uz