O'zbekiston

“Izlanuvchan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”

Prezident Namangandagi gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasiga bordi.

“Izlanuvchan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Chust tumanidagi “Megaton” korxonasining gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasida bo‘ldi.   

 

Aholi soni o‘sib, urbanizatsiya kengayib borayotgani sifatli qurilish materiallariga talabni yildan yilga oshiryapti. Mamlakatimizda qurilish materiallari tarmog‘i shunga monand jadal rivojlantirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar olib kelinib, yuqori samarador mahsulotlar o‘zlashtirilmoqda.

 

“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan, “Turonbank” tomonidan moliyalashtirilgan gazoblok korxonasi shulardan biri. 40 million dollarlik ushbu loyiha doirasida Xitoy, Germaniya, Daniya kabi davlatlardan innovatsion texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Shu bois, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va samaradorligi yuqori.

 

Masalan, Germaniya texnologiyasi energiya tejamkorlikni taʼminlaydi. Bunday gazoblokdan qurilgan binoni tashqi izolyatsiya qilish shart bo‘lmaydi, ichkaridagi issiqlik va salqinlik to‘rt karra kam yo‘qotiladi. Natijada elektr energiyasi xarajati 45 foizgacha qisqaradi.

 

Ishlab chiqarishda “Megaton” korxonasiga qarashli “Namangan sement”ning 550 markali sementidan foydalaniladi. Bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratilgan. Korxonada 500 ta yangi ish o‘rni ochilgan.

 

Davlatimiz rahbari bu yerdagi ish jarayoni, laboratoriya va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar mahsulot sifati, issiq va sovuqqa chidamliligi haqida maʼlumot berdi.

 

– Qurilish sanoatimiz zamon talabiga moslashib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarayotgani yaxshi, – dedi davlatimiz rahbari. – Bunday innovatsion texnologiyalarni import ulushi yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarda ham qo‘llash kerak. Shunda bozorda raqobat, xaridorlarda tanlov bo‘lib, joylarda ish o‘rni ko‘payadi. Buning uchun izlanuvchan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

 

Mazkur korxonada yiliga 600 ming metr kub mahsulot ishlab chiqariladi. Bu viloyatda g‘ishtga bo‘lgan ehtiyojning 28 foizini qoplashi kutilmoqda.

 

Loyihaning ikkinchi bosqichida avtoklav gazoblok devori, maxsus kley, kimyoviy qorishma va suvoqlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Izlanuvchan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz” | Zamon.uz