O'zbekiston

Namangan aholisi millionlik shahar darajasiga yetmoqda

Namanganda 2026-yilgacha 20 ming o‘rinli bog‘cha tashkil etilishi belgilandi.

Namangan aholisi millionlik shahar darajasiga yetmoqda

Namangan aholisi yaqin orada million nafardan oshadi. Shu bois shahar infratuzilmasini kengaytirish, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘paytirish dolzarb masala sifatida qayd etildi.

 

Tadbirkorlar uchun e’lon qilingan imtiyozlardan samarali foydalanib, Namangan shahrida joriy yilda 5 ming, kelgusi yilda esa 15 ming o‘rinli yangi bog‘chalarni tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, viloyatdagi 49 ta texnikumga xorijiy standartlar olib kelinib, ularning barchasida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

 

So‘nggi uch oy davomida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 48 nafar tadbirkor tomonidan 3 mingga yaqin nogironligi yoki yoshi katta bo‘lgan fuqarolarga parvarish xizmatlari tashkil etildi. Natijada 350 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlanib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga endilikda demensiya va Parkinson kabi kasalliklarga chalingan fuqarolar uchun ham maxsus parvarish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.

 

Bundan tashqari, kunduzgi parvarish xizmatlariga qo‘shimcha ravishda nogironligi bor bolalarning funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan reabilitatsiya va pedagogik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Namangan aholisi millionlik shahar darajasiga yetmoqda | Zamon.uz