Netanyahu G‘azoni egallash operatsiyasi boshlanganini tasdiqladi
Tinch aholidan gumanitar zonaga ko‘chib o‘tish talab qilindi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu korrupsiya ishi bo‘yicha sud majlisida SAXAL G‘azo shahrida “intensiv operatsiya” boshlaganini maʼlum qildi.
“Mamlakatimiz uchun shunday muhim voqealar yuz berayotgan bir davrda suddan meni guvohlik berishdan ozod qilishini so‘rayman”, — dedi Netanyahu.
Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) ham “G‘azo shahrida HAMAS infratuzilmasini yo‘q qilishni boshlaganini” bildirdi. SAXAL vakili tinch aholidan G‘azo sektorining janubidagi gumanitar zonaga ko‘chib o‘tishni talab qildi.







